Qarun

Qarun — Erondagi daryo, Shatt ulArab daryosining chap irmog’i. Uzunligi 820 kilometr, havzasining maydoni 60 ming km2. Zagros tog’laridan boshlanib, tor dara va soyliklardan, quyi oqimida Mesopotamiya pasttekisligida oqadi. O’rtacha suv sarfi 770 m3/sek. Bahorda suvi ko’payadi. Daryodan sug’orishda foydalaniladi, qisman tunnel orqali Isfahon vohasiga oqiziladi. Ahvoz shahrigacha kema qatnaydi.