QARZLI MOLIYALASHTIRISH

QARZLI MOLIYALASHTIRISH – davlat tomonidan olinayotgan qarzlar – bu davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun zarur bo’lgan pul mablag’larini moliya bozorlaridan qarz olish yo’li bilan mablag’ jalb qilishdagi davlat faoliyatidir. Asosan, davlat qarzlari ikkita vazifani bajaradi: fiskal – davlat g’aznasiga pul mablag’larini jalb qilish va iqtisodiy rivojlantirishni rag’batlantirish.