Qashqadaryo

Qashqadaryo (eski nomi shayxoli qishlog’i) — Qashqadaryo viloyatidagi shaharcha (1978 yildan). Temir yo’l chorrahasi. Viloyat markazi (qarshi shahri) dan 24 kilometr shimolda. Aholisi 6 ming kishi (2003). Qashqadaryoda un, go’sht, qurilish materiallari kombinatlari, qurilish tashkilotlari, asphalt-beton, keramikadrenaj quvurlari ishlab chiqarish korxonalari, pivo zavodlari, avtokorxona, neft bazasi, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, kasb-hunar kolleji faoliyat ko’rsatadi. Umumiy ta’lim maktablari, kutubxona, madaniyat uyi, tibbiy muassasalar bor.