Qashqadaryo arxeologik-topografik ekspeditsiyasi
Qashqadaryo arxeologik-topografik ekspeditsiyasi (Qate), Kesh arxeologiktopografik ekspeditsiyasi — Qashqadaryo vohasidagi tarixiy-arxeologik yodgorliklarni o’rganish, tarixiy davrlarni o’rganish hamda arxeologik materiallar to’plash maqsadida tashkil etilgan ilmiy ekspeditsiya (1963). Qatega 196386 yillar M.E. Masson, 1986-93 yillar Z.I.Usmonova, 1993-98 yillar A.S.Sa’dullaev va 1999 yildan R.X.Sulaymonov rahbarlik qilmoqda. Qate tomonidan hozirgacha Qashqadaryo vohasidagi 600 dan ortiq turli tarixiy davrlarga mansub yodgorliklar o’rganilib chiqildi. Ular ichida Janubiy Sug’dning yirik shahar markazlari (Uzunqir, kitob, Shahrisabz, Naxshab, Nasaf, Qarshi), qadimiy o’troq dehqonchilik makonlari, qadimiy davr va o’rta asr savdo yo’llari, hunarmandchilik ustaxonalari, me’morlik yodgorliklari, mudofaa inshootlari va qo’rg’onlari (O’rta qo’rg’on, Yangiqo’rg’on, chim mudofaa devori va boshqalar) bor. Qate faoliyati davomida ilk temir davridan 20-asr boshlarigacha bo’lgan katta tarixiy davr tarixi va arxeologiyasining dolzarb masalalari qamrab olindi. Qate tomonidan Qashqadaryo vohasida olib borilgan tarixiy-arxeologik tadqiqotlar natijalari “stolichnme goroda v nizovyax Kashkadari s drevneyshix vremyon”, “goroda Yujnogo Sogda v VIII—XII vv.”, “O’rta Osiyoning qadimgi davr va o’rta asrlar arxeologiyasi” (to’plam), “qadimgi O’zbekiston ilk yozma manbalarda”, “qadimgi O’rta Osiyo tarixi”, “qadimgi Kesh — Shahrisabz tarixidan lavhalar” (monografiya), “O’rta Osiyo arxeologiyasi”, Shahrisabz. Ming yilliklar merosi” (yubiley albomi) kabi ilmiy va ilmiy ommabop asarlarda o’z aksini topdi.