Qashqadaryo daryosi haqida eshitganmisiz?

Qashqadaryo daryosi haqida eshitganmisiz? – Qarshi vohasida. Daryo qadimda Koshkirud, ya’ni “Kesh Shahrisabz suvi” deb yuritilgan. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha Qashqadaryo Keshkirudning fonetik o’zgargan variantidir. Ba’zi olimlar toponimning asosini qashqa so’zi tashkil etadi, qashqa – “qashqamoq, qurib qolmoq” degan ma’noni bildirishini aytadi. H.Hasanov “Daryoning tabiiy xususiyatida ham qashqalik bor. Qarshidan keyin daryonin suvi kamayib o’zani ola-chalpoq – “qashqa” holiga keladi” deb yozadi. S.Qorayev Qashqa so’zining bir necha ma’nosini keltiradi. Etnik nom: tiniq tez oqar, yoqasida o’simlik o’smaydigan, yalang, yolg’iz tepa va hokazo. Daryo nomi asosida oblast nomi vujudga kelgan.

Leave a Reply