Qatorlab ekish
Qatorlab ekish — qishloq xo’jalik ekinlarini ekishning asosiy usuli. Bunda urug’lar orasi bir xil kenglikdagi parallel qatorlar tarzida ekiladi. Qatorlab ekishning ko’pgina xillari: punktir, qator uyalab, qo’sh qatorlab, shuningdek, har bir uyaga belgilangan yoki aniq miqdorda ekish usullari mavjud. Qatorlab ekishning aniq miqdorda urug’tashlab ekish usuli eng samarali hisoblanadi (urug’lik sarfi 2-3 baravar kamayadi), yaganalashga hojat qolmaydi. Qatorlab ekish ekin qator oralarini ishlashda, o’g’it solishda, o’suv davrida, sug’orishda, qishloq xo’jalik zararkunandalariga qarshi kurashda, shuningdek, hosilni yig’ib olishda qishloq xo’jalik texnikasidan keng foydalanishda qulaylik tug’diradi.