Qayindoshlar

Qayindoshlar — qayinnamolar qabilasiga mansub oila. Yer yuzida 6 turkumga mansub 150 ga yaqin turi bor. Shimoliy yarim sharda keng tarqalgan. Oila vakillari, asosan, daraxtlardan iborat. Tanasi oq yoki sarg’ish, katta yoshdagilarida qora dog’lar paydo bo’ladi. Bir uyli o’simlik. Gullari kuchalalarda o’rnashgan. Barglari yirik, oddiy, ketma-ket o’rnashgan. Mevasi bir urug’li, yassi. O’rta Osiyoda 2 turi o’sadi. Aprel—may oylarida gullab, mevasi avgust—oktabrda etiladi. Qayindoshlardan manzarali o’simlik sifatida foydalaniladi.