Qayir tuproqlar
Qayir tuproqlar daryo odoqlarining allyuvial yotqiziqlarida hosil bo’ladigan tuproqlar. Suvi toshib turadigan Daryo bo’ylarida, suv bosadigan yerlarda tarqalgan. Yuqori biogenligi, qatlamdorligi, gumus qatlami bilan farqlanadi. Tuproq hosil qilish jarayoniga qarab chimli (boshoqli va har xil o’tli o’tloq va ochiq o’rmonlarda hosil bo’ladi; mexanik tarkibi yengil, suv rejimi barqaror emas), o’tloqi (har xil o’tliboshoqli o’simliklar o’sadigan odoqlarning Markaziy qismida vujudga keladi, gumusning ko’p to’planishi, donador strukturaliligi va hokazolar bilan tavsiflanadi), botqoqi (o’tli va o’rmonli botqoqlar odoqlarining terrasa oldi qismlarida hosil bo’ladi, torflanishi, loyqa bosishi va hokazolar bilan farqlanadi) bo’ladi. Qayir tuproqlar turli tabiiy zonalarda uchraydi, unumdor. Bunday tuproqli yerlardan yaylov va pichanzor sifatida, sabzavot, emxashak ekinlari, sholi va boshqalarni ekishda foydalaniladi. Qayir tuproqlar suv rejimini tartibga solish (quritish) zarur.