Qayroqqum zilzilasi

Qayroqqum zilzilasi — 1985 yil 13oktyabrda Namangan seysmogen zonasining Janubi g’arbida joylashgan Qayroqqum suv ombori yonida sodir bo’lgan. Episentrda zilzila kuchi 8 ball, magnitudasi 6,1 ni tashkil qilgan. Zilziladan suv ombori to’g’oni zarar ko’rmagan, lekin Xo’jand shahriga va uning atrofidagi qishloqlarga katta zarar yetgan. Hozirgi zamon tektonik harakatlari natijasida Digmay, Oqchon va ruhan adirlarida o’sib borayotgan yosh antiklinal strukturalarning Qurama tog’lari tomonidagi kuchlanishlar bosimi ta’sirida yer ostidagi neogen davri tuzgipsli (3000 metr) qatlamlarning uzilmalar bo’iicha goh pastga, goh yuqoriga siljishi yer qimirlashiga sabab bo’lgan. Bunday siljishlar 7 kilometr chuqurlikda kuzatilgan. Odatda, tuzgipsli qatlamlarda seysmik to’lqinlar tarqalishi ancha sust kechadi, shuning uchun bunday joylarda zilzilalarning qaytalanishi (aftershoklar) kam bo’ladi. Bu jarayon 1967 yildagi 7 balli Supatog’ zilzilasi paytida ham kuzatilgan. Zilzila kuchi Bekobodda 6-7 ball, Ashtda 6 ball, Olmaliqda 5 ball, Isfara va Qo’qonda 3-4 ball bilan sezilgan.