Qaysa, pashtak

Qaysa, pashtak — butunligicha danaksiz quritilgan o’rik. Qaysa tayyorlash uchun yaxshi pishgan o’rik danagi bilan 2-3 kun so’litilgach, danagi meva bandi o’rnidan siqib chiqariladi va oltingugurt bilan dudlanadi, so’ngra oftobda, maxsus kamera yoki shkaflarda quritiladi. Danagi o’rniga chaqilgan mag’iz yoki yong’oq solib quritilgani juda qadrlanadi. Tarkibida 50-55% qand bor.