Qayseri

Qayseri — Turkiyadagi shahar, Anadolu yassitog’ligining Markaziy qismida joylashgan. Qayseri elining ma’muriy markazi. Aholisi 524,8 ming kishi (2000). Transport yo’llarining muhim chorrahasi. Yirik ip gazlama kombinati, samolyotsozlik, kimyo zavodlari mavjud. Oziq-ovqat, yog’ochsozlik sanoatlari rivojlangan. Qo’rg’oshin-rux zavodi ishlab turibdi. Qayseri gilam to’qishning qadimiy markazlaridan. Arxeologiya muzeyi bor. Me’moriy yodgorliklardan 12-16-asrlarga oid juda ko’p masjid, madrasa, maqbaralar saqlangan.