Qaysi biri ustun? Tik tokmi yoki ta’lim-tarbiyami?
Savol: Qaysi biri ustun? Tik tokmi yoki ta’lim-tarbiyami? Hayotimizga kirib kelgan telefonlarda o’rnatilgan “Tik Tok” dasturi, hozir deyarli barchaning telefonida bor Hozirgi kunda ayrim insonlar shu videoda ko’rganini qilaman, mashhur bo’laman deb har xil aqlga sig’maydigan ishlarni qilayapti. Ayrimlar binoning tomida rasmga tushadi, ayrimlari poyezd yo’lida, ayrimlar vahshiy hayvonlarni oldida videoga tushib hayotdan erta ko’z yumyapti. Shu ishlarning o’rniga ozgina bilimga vaqtini ajratsa, bilim bilan ham mashhur bo’lishning imkoni bor ekanligini hammamiz ham bilamiz.
Qaysi biri ustun? Tik tokmi yoki ta’lim-tarbiyami? Menimcha, ta’lim-tarbiya hammasidan ustun, bu dastur faqat dasturni yaratgan inson uchun foyda. Video olaman, mashhur bo’laman, deb hattoki ko’chada kimlarnidur urib ketyapti, nima uchun? Bundan nima manfaat ko’radi? Shuning o’rniga otaxonni duosini olsa bo’lmasmikan?
“Tik-tok” dasturi dasturchini mashhur qildi. Bizning yoshlar ham shunaqa dastur yaratishga aqli yetadi. Lekin ayrim yoshlar oson yo’l bilan mashhur bo’laman, meni butun O’zbekiston taniydi deb, hattoki, jinoyat ham qilib qo’yganini sezmay qolyapti.
Respublikamizda har sohada yetuk mutaxassislar bor, shu insonlarga shogird tushsak, kerak bo’lsa, undan ham yetuk mutaxassis bo’lishimiz mumkinligini hech o’ylab ko’rmaymiz. Qo’li gul hunarmand va ustalar bor, shulardan bir nima o’rganib, yangi texnologiyalar asosida hunarmandlar yasagan buyumlarni hayotga tadbiq qilsak, shuni orqasidan ham mashhur bo’lishi mumkin emasmi?
Ta’lim-tarbiyaning kuchi har narsadan ustun. Ta’lim-tarbiya bilan hattoki boyib ketish mumkin. Avvalgi zamonlarda hattoki “kompyuter” degan atama bo’lmagan, lekin she’rlari bilan hozirgi kunga qadar shu qadar mashhurligini bilamiz. Shuning uchun ayrim yoshlarga maslahatim, har xil videolar olishning o’rniga ozgina bilimga ham vaqt ajratishingizni so’rardim.