QAYTA SUG’URTALASH

QAYTA SUG’URTALASH – sug’urtalashga riskni qabul qilish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar tizimi (risklarni birlamchi joylashtirish); sug’urtalovchi muvozanatlashgan sug’urta portfelini yaratish va sug’urta operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida qabul qilib olingan riskning bir qismini o’zaro kelishilgan holda boshqa sug’urtalovchiga berishi (riskni ikkilamchi joylashtirish). Qayta sug’urtalash operatsiyalarini sug’urta kompaniyalar bilan bir qatorda, asosan, ixtisoslashgan qayta sug’urtalash kompaniyalari amalga oshiradi. Qayta sug’urtalash aktiv (riskni berish) va passiv (riskni qabul qilib olish) ko’rinishida bo’ladi.