Qayum Nosiriy

Qayum Nosiriy (taxallusi; asl ism-sharifi G’abdulqayum G’abdennosirovich Nosirov) [1825.2(14). 2, hoz. Tataristonning Zelenodolsk tumani — 1902.20.8(2.9), Qozon] tatar yozuvchisi, olim va ma’rifatparvar. 1841 — 55 yillarda Qozon madrasasida ta’lim olgan. 1855 yildan rus ruhoniylari bilim yurtida tatar tilidan dars bergan. Qozon universitetida erkin tinglovchi. 1871-76 yillarda Qozonda 1-rustatar maktabini ochib, unda o’qituvchilik qilgan. “Sintaksis” va bolalar uchun tabiat hodisalari haqidagi “bo’sh vaqtlarda” asarlari 1860 yil yozilgan. Tatar tilining ilmiy grammatikasini, to’g’ri yozish qoidalari, Matematika, geografiya, tarix va boshqalar bo’yicha darsliklar tuzgan va nashr ettirgan. “Qozon tatarlarining e’tiqodi va urf-odatlari…”(1880), “Qozon tatarlarining xalq adabiyoti namunalari” (1896), “Qozon tatarlari ertaklarini boshqa xalqlar ertaklari bilan solishtirish” (1900) kitoblari nashr etilgan. “Tatarcha—ruscha lug’ati”ni tuzgan. Qayum Nosiriyning ma’rifatparvarlik g’oyalari va nasriy asarlari tatar adabiyotining shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etgan.