Qayumov Laziz Po’latovich

Qayumov Laziz Po’latovich (1930.23.4, Qo’qon 2004.11.1, Toshkent) — adabiyotshunos. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1980), Filologiya fanlari Doktori (1963), professor (1965). A.P.Qayumovning ukasi, O’rta Osiyo davlat universitetining Filologiya fakultetini tugatgan (1952). Shu universitetda o’qituvchi (1953-56), dotsent (1956-65), dekan (1960-62), SSSR xalqlari adabiyoti kafedrasining mudiri (1963-85; 1988 yildan). “O’zbekiston madaniyati” (1962— 81), “Sovet O’zbekistoni” (1984-88) gazetasining bosh muharriri. Hamza ijodiga bag’ishlangan “inqilob kuychisi” (Hamza Hakimzoda biografiyasi) (1962), “Inqilob va ijod” (1964), “inqilobiy drama” (1970), “Hamza” (1973, 1989) kitoblari nashr etilgan. “Shoira Zulfiya” (1965, 1975) “olmos iste’dod” (1965), “Zamondoshlar” (1972), “asr va Nasr” (1975) va boshqalar asarlarida adabiyotshunoslik va o’zbek adabiyotiga oid muammolar ochib berilgan. “O’qituvchi” (1954), “Gulistoning sening”, “mehri Daryo” (1975) voqeiy hikoyalar va “Meridiandagi uchrashuvlar” (1976) publisistik maqolalar to’plamlari ham bor. “Barhayot Hamza” (1967), “Hamza teatri” (1968), “Farzandingman, O’zbekiston!”, “Gul sayli” (1972) kabi hujjatli filmlar stsenariysi muallifi. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1973). As: Saylanma, [ikki jildlik], T., 1981, 1983. Ad.: Olimov M., Laziz Qayumov; Ada- biy portret, T, 1980;Laziz Qayumov [xotiralar], T, 2005.