Qazvin miniatyura maktabi
Qazvin miniatyura maktabi — Eron tasviriy san’atidagi maktablardan biri (16-asr 70-80-yillar). Shoh Ismoil II davrida Qazvin shahrida kutubxona tashkil etilgan, Mashhad va Tabrizdan kelgan naqqosh, xattot, musavvirlar ijodiy faoliyati zaminida shakllangan. Bu maktab vakillari diqqatni harakat tasvirlariga qaratganlar, rasmlar kam shaklliligi bilan ajralib turadi. Qazvin miniatyura maktabining yirik vakillari Muhammadiy, Shayx Muhammad (“Yigit kitob va gul bilan”, “yigit to’tiqush bilan”) va boshqalarning asarlarida maishiy lavhalar jonli, rangdor ifodalangan. Sankt-Peterburgdagi Rossiya milliy kutubxonasida saqlanayotgan Jomiyning “Tuhfat ulahror” asariga ishlangan miniatyuralar Shayx Muhammadga nisbat beriladi.