Qibla
Qibla-musulmon namoz vaqtida sajda qiladigan tomon. Hijriy yilning ikkinchi yili (624) Makkadagi Ka’ba barcha musulmon uchun qibla qilib belgilangan. Qibla nihoyatda muqaddas hisoblanadi. Har bir musulmon qayerda bo’lmasin, albatta, o’sha tomonga qarab nomoz o’qiydi. Masjidlarda mehrob qibla tomonga qarab ishlanadi. Islomdagi ko’p marosimlar ham, odatda, qiblaga qarab bajariladi. Hatto marhum ko’milganda ham yuzi qiblaga qaratib qo’yiladi.