QIMMAT PULLAR SIYOSATI

QIMMAT PULLAR SIYOSATI – mamlakatdagi pul miqdorini cheklash yoki qisqartirishga qaratilgan hukumat siyosati. Bu siyosat mamlakatda inflyatsiya kuchayganda olib boriladi. Qimmat pullar siyosati kreditni qimmatlashtirib, uni olishni qiyinlashtiradi. Pulni, taklifni kamaytirish uchun ochiq bozorda davlat qimmatli qog’ozlari sotiladi, banklarning rezerv me’yori va hisob stavkasining kotarilishiga, pirovard natijada investitsiyalarning kamayishiga inflyatsiyani cheklashga imkon beradi.