Qimmatli qog’ozlar
Qimmatli qog’ozlar – o’z egasiga mulkka egalik huquqini va daromad ko’rinishida muayyan pul summasini olish huquqini beradigan pul yoki tovar hujjatlari (aktsiya, obligasiya, akkrediiv, veksel, chek va boshqalar). Qimmatli qog’ozlar taqdim etuvchi yoki egasining ayrim huquqlari qayd etilgan maxsus tarzda rasmiylashtirilgan moliyaviy hujjat. Qimmatli qog’ozlar ma’lum shaxs nomiga yozilgan (ismli), dastlab sotib olgan shaxs nomiga yozilgan va uning roziligi bilan boshqa shaxsga o’tkaziladigan orderli va egasi yozilmaydigan (egasi ko’rsatilmaydigan) turlarga bo’linadi. Korxonalarning aktsiya, obligatsiyalari va davlat obligatsiyalari Qimmatli qog’ozlarning asosiy turlari hisoblanadi. Qimmatli qog’ozlar korxona kapitalida qatnashish yoki pulni ssudaga taqdim etish va dividend yoki foiz tarzida daromad olish huquqini beradi. Qimmatli qog’ozlar o’z egasiga daromad keltirgani uchun fond birjasit ma’lum kurs bo’yicha oldi-sotdi qilinadi.