Qimron

Qimron — tuya sutidan tayyorlanadigan shifobaxsh ichimlik. Tuya boqiladigan mintaqalarda, qozoqlar, turkmanlar, qoraqalpoqlarda cho’l sharoitida chanqovbosar ichimlik sifatida ko’p tayyorlanadi. Qimizga nisbatan quyuqroq (yog’ miqdori ko’p). Shifobaxsh, ayniqsa, qand kasalligini davolashda qadimdan qo’llanib kelingan.