Qiqyop qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Qiqyop qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Xorazm oblastining Yangiariq rayonida. “Yop” so’zi Xorazm shevasida “ariq” degan ma’nodadir. Qirqyop Amudaryoning chap qirg’og’iga joylashgan qishloq bo’lib, aholisi asosan dehqonchilik bilan shug’ullangan. Yerli aholi ekin maydonlarini sug’orishda daryo suvidan unumli foydalangan. Ammo jo’shqin va qaysar Amudaryoning toshqin suvi loyqa bo’lib oqishi va ariqlarni tez-tez loyga to’ldirib qo’yishi qishloq aholisiga qiyinchilik keltirgan. Ariqlarni loyqadan tozalash juda og’ir va mashaqqatli mehnat talab qilgan. Shu sababli eslo ariqlarni tozalash yoki qaytadan qazishdan ko’ra, yangi ariq qazib suv chiqarish osonroq bo’lgan. Shu tariqa qishloqda yangi ariqlar soni ko’payib ketgan. Atrofdagi qo’shni qishloq aholisi ariqlarning soniga qarab, mazkur qishloqni “Qirqyop” deb aholisini qirqyoplik deb atay boshlagan. Aslida nom etnonim asosida vujudga kelgan, ya’ni “Qirq urug’inin arig’i”dir. Qirq o’zbek elatiga kiruvchi urug’ va qabilalar ichida ming va yuzdan keyingi uchinchi katta qabiladir.

Leave a Reply