“Qishloq hayoti”
“Qishloq hayoti” — ommaviy ijtimoiy-iqtisodiy gazeta. 1974 yil 1 yanvardan “qishloq haqiqati” (1974-89 yillarda ruschaga o’girilib “Selskaya Pravda”) nomi bilan o’zbek va rus tillarida chop etilgan. 1993 yildan hozirgi nomda. Toshkent shahrida nashr etiladi. Respublika qishloklarining ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti, agrar siyosat, qishloqlarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, jahonda agrar sohadagi fan-texnika yutuqlari, dehqon va fermer ho’jaliklarining hayoti, muammolari, urug’chilik va selektsiya, dehqonchilik, chorvachilik masalalari yoritiladi. Tahririyatining “Nigoh”, “tahlil”, “buni hayot deydilar”, “qishloqsagi duv-duv gap”, “bunga nima deysiz”, “hangoma”, “gurung” va boshqa rukunlari ommabopligi bilan ajralib turadi. 1999 yildan bosh muharrir O’tkir Rahmat. Adadi 18-25 ming nusxa.