Qizilqumit

Qizilqumit (Qizilqumda topilgan, nomi shundan) — murakkab oksidlar guruhiga mansub yangi mineral. 1981 yilda topilgan. Tarkibi shreyerit (U2T130,)ga o’xshash. Albitlashgan uglerodli-kremniyli jinslarda uchraydi. Qizilqumit kremniyli slaneslarning o’ta ingichka o’zaro kesishgan tomirchalarida xlorit, pirit, rutil bilan birgalikda uchraydi. Qizilqumit donachalari prizmatik gabitusga ega, uzunligi 0,01 millimetrdan 0,2 millimetrgacha. Shaffof emas. Rangi qora, yaltirashi shisha kabi, ba’zan mumsimon ko’rinishgacha yaltiraydi. 320— 390° da qizdirilganda rutilga aylanadi.