Qo’chqortoyev Iristoy
Qo’chqortoyev Iristoy (1936.5.7, Sayram tumani, Qozog’iston — 2000.20.12, Turkiya; Toshkentda dafn etilgan) — tilshunos olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000). Filologiya fanlari Doktori (1978), professor (1981). O’rta Osiyo universitetining Filologiya fakultetini tugatgan (1958). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi til va adabiyot institutida kichik ilmiy xodim (1958-60), toshDuda aspirant (1960-63), o’qituvchi (1964-66), katta o’qituvchi (1966-68), dotsent (1968-81), dekan o’rinbosari (1981-82), o’zbek filologiyasi fakulteti dekani (1987-95), turk filologiyasi kafedrasi mudiri (1997 yildan). Turkiya universitetida o’zbek tilidan dars bergan. Asosiy ilmiy ishlari o’zbek tilida nutq fe’llari mavzuiga bag’ishlangan. Qo’chqortoyev O’zbekistonda turkiy-shunoslikning rivojlanishiga muhim hissa qo’shgan. Oliy o’quv yurtlari uchun “turkiy filologiyaga kirish” (hamkorlikda, 1984), “tilshunoslikka kirish” (hamkorlikda, 1976) kabi darsliklar yaratgan. Uning bolalarga bag’ishlangan “bu ishing yaxshimi” (1964), “ikki va o’n bir” (1964), “yaylovda” (1965) kabi hikoyalar to’plamlari ham bor. As: badiiy so’z ustasi, T., 1967; badiiy nutqstilistikasi, T., 1975; F. de Sossyurning lingvistik kontsepsiyasi, T., 1976; so’z ma’nosi va uning valentligi, T, 1977; O’zbek tilida nutq fe’llari valent taxlili, T., 1977.