Qodirov Ahmadjon

Qodirov Ahmadjon (1936.23.2, Amudaryo tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). SamDU ni tugatgan (1960). 1960 yildan hozirgi Yangibozor, Amudaryo tumanlaridagi maktablarda, 1964 yildan Urganch shahridagi 5-, 1990 yildan 21-maktabda o’zbek tili va adabiyoti o’qituvchisi. “Ma’rifatparvar xon”, “Abulg’ozi Bahodirxon shajarasi” risolalari muallifi.