Qoldiq ko’l
Qoldiq ko’l — qadimgi yirik suv havzalari — okean va dengizlarning chekinishi natijasida ular o’rnida saqlanib qolgan ko’llar. Masalan, Kaspiy, Orol, Chad, Eyr ko’llari. Daryolar o’zanlarini o’zgartirganda eski o’zanning chuqur joylarida ham ko’llar hosil bo’ladi, bular ham Qoldiq ko’llar deyiladi. Ular, odatda, kichik, ko’pincha vaqtli bo’ladi. Sirdaryo, Amudaryoning tekisliklardan o’tgan qismidagi vodiylarida bunday ko’l ko’p uchraydi.