Qon uni
Qon uni — so’yilgan mollar qonini qayta ishlab tayyorlanadigan mahsulot. Chorva mollari, asosan parranda, mo’ynali hayvonlar va cho’chqalarni boqishda protein manbai sifatida ishlatiladi (1-nav Qon unida 80% dan ortiq protein bor). Namligi 9% bo’lgan 1 kilogramm Qon unida 1,06 ozuqa birligi va 758 gramm hazm bo’ladigan protein bo’ladi. Cho’chqa va parrandalar ozuqa ratsionining 10% ga qadar qo’shiladi.