Qoncho’p
Qoncho’p – ko’knordoshlarga mansub qisqa ildizpoyali o’tsimon o’simlik turi. Poyasi serbarg, bo’yi 30-100 santimetr. Barglari oddiy, patsimon kungirali bo’lakchalarga bo’lingan. To’pgulli oddiy soyabon. mevasi ko’p urug’li, qo’zoqsimon ko’sakcha. May oyidan kuzgacha gullaydi. O’rta Osiyo, Sibir va Kavkazda uchraydi. Qoncho’p zaharli, mollar yemaydi. Qoncho’pning hamma qismida tarkibida 20% ga yaqin alkaloid, S va A vitaminlari, efir moylari, organik kislotalar va boshqalar bo’lgan sutshira bor. Qoncho’pdan olingan preparatlar teri sili va boshqa kasalliklarni davolashda qo’llaniladi. Damlamasi safro haydovchi, jigardagi og’riqni qoddiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.