Qo`ng`ir ko`mir
Qo`ng`ir ko`mir – sifati pastroq ko`mir. Tarkibida 55-78% uglerod bor. Cho`kindi jinslar orasida qatlamlar holida yotadi. O`simlik qoldiqlaridan hosil bo`lgan qo`ng`irk o`mir gil moddalar aralashmasi tufayli serko`l bo`ladi. Issiqlik berish qobiliyati 5-6 ming kkal/kg. yoqilg`i sifatida ishlatiladi; Qo`ng`irk o`mirdan suyuq yonilg`i, yonuvchi gaz va boshqa kimyoviy mahsulotlar ham olinadi.