Qo`ychilik
Qo`ychilik – chorvachilikning bir tarmog`i; qo`ylar go`shti va juni uchun boqiladi. Dag`al junli qo`ylar (asosan hisori, jaydari va boshqa zotlar) junidan movut, piyma etik, kigiz va b.; uy-ro`zg`or jihozlari, mayin junli qo`ylar (merinos va b.) junidan qimmatli jun gazlamalar tayyorlanadi. Ba’zi bir qo`y zotlaridan pishiq, issiq po`stin ishlanadi. Qorako`l qo`ylarning terisidan shuba, telpak, yoqa qilinadi.
O‘xshash so‘zlar
- Qo`ypeshonalar, qo`chqortumshuqlar
- Qo`ytosh
- Qoldiq tog`
- Qolgan o`zan, qolgan daryo
- Qopchig`ay
- Qoqlar
- Qor chizig`i
- Qora dovul





