Qo`ng`ir temirtosh, limonit
Qo`ng`ir temirtosh, limonit – tarkibida gil va boshqa moddalar aralash temir bo`lgan bir qancha minerallar aralashmasi. Qo`ng`ir temirtosh keng tarqalgan temir rudalaridan biri. Rangi qo`ng`ir, sariq-qo`ng`ir va qora. Cho`kindi jinslarda uchraydi, tarkibida temir 30% dan kam bo`lmagan qong`ir temirtosh rudalari sanoat ahamiyatiga ega bo`ladi.