QONUNIY VAKILLAR

QONUNIY VAKILLAR — muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatli bo’lsa-da, jismoniy (qariligi, kasalligi va boshqalar) holati tufayli shaxsan o’z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va burchlarini bajara olmaydigan fuqarolarning shaxsiy va mulkiy huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini hamma muassasalarda, jumladan, sudda alohida vakolatsiz, qonunga binoan himoya qiluvchi shaxslar.