Qor

Qor — havo temperaturasi 0° dan past bo’lganda bulutlardan muz kristallchalari tarzida yog’adigan yog’in. Muz kristallchalari shakli negizini olti burchakli plastinka yoki olti qirrali ustuncha tashkil etadi. Kristallchalarning diametri mm ning bir necha ulushidan bir necha millimetrgacha yetadi. Havo temperaturasi 0″ atrofida bo’lganda Qor uchqunlari bir-biri bilan yopishib, diametri 1 santimetr keladigan yirik Qor pag’alarini hosil qiladi. Ayrim Qor donalarining o’rtacha massasi 0,003 grammgacha, yirik Qor pag’alariniki 0,5 gramm gacha bo’ladi. O’rta va yuqori kengliklarda (shu jumladan, O’zbekistonda) Qor, asosan, qishda yog’adi.