Qora dengiz bo’g’ozlari
Qora dengiz bo’g’ozlari – Bosfor va Dardanell bo’g’ozlari. Qora dengizni O’rta dengiz bilan birlashtirib turadi. 1936 yilgi Montryo konferentsiyasida qabul qilingan Konventsiya asosida huquqiy tomonlari tartibga solingan. Konferentsiyada Lozanna konferentsiyasining (1922 — 23) bo’g’ozlar haqidagi konventsiyasi o’rniga bo’g’ozlar rejimi to’g’risida yangi Konventsiya qabul qilingan. Qora dengiz atrofidag’i davlatlarning tinch davrlarda bo’g’ozlardan o’z harbiy kemalarini cheklanmagan sonda, Konventsiyada belgilangan shartlarga rioya qilgan holda olib o’tishdan iborat tartibi tan olingan, qora dengizdan narida joylashgan mamlakatlar harbiy kemalarining o’tishi ularning sinfi, tonnaji va qora dengizda bo’lish muddati bilan cheklangan.