Qora tosh
Qora tosh (Arabcha Hajar al-Asvad) — musulmonlar ziyorat qiladigan tosh. Kumush chambar bilan birlashtirilgan bir necha bo’lakdan iborat. U Ka’ba devorlaridan biriga tashqaridan joylashtirilgan. Makkagahajga borgan musulmonlar uni tabarruk hisoblab o’padilar yoki qo’l tekkizib ziyorat qiladilar. Qora tosh Allohning amri bilan jannatdan keltirilgan degan rivoyat bor.