Qorako’l platosi
Qorako’l platosi – Zarafshon daryosining quyi oqimidagi (Buxoro viloyati) plato, Qorako’l shahridan shimolda. Bu yerda Zarafshon daryosi platoni kesyb o’tib, tor (kengligi 0,5—1,0 kilometr, nisbiy balandligi 20 metrgacha) Qorako’l yo’lagini hosil qiladi. Plato Buxoro va Qorako’l vohalari oralig’ida. Yer yuzasi bir oz to’lqinsimon tekislik va shimoliy- g’arbga nishab. Balandligi 200-226 metr orasida. Qoraqumga bir oz pog’ona hosil qilib tushgan. Plato yuzasi chag’ir shag’allar bilan qoplangan, shimoliy-g’arbiy qismi qumli, ular ba’zi joylarda barxan tepalarini hosil qiladi. Chag’ir shag’allar va qumlar ostida yuqori pliosen va quyi to’rtlamchi davr qumtoshlari joylashgan. Plato yuzasida kichik qator tepalar, qirlar uchraydi. Sur-qo’ng’ir tuproqlar tarqalgan. O’simligi cho’lga xos.