Qorakosov

Qorakosov — ildiz bo’g’zi va poya asosi qorayishi bilan kechadigan o’simlik kasalligi. Zamburug’va bakteriyalar qo’zg’atadi. Asosan, karam, kartoshka, sabzi, mevali daraxt ko’chatlari, dukkayuti yem-xashak va boshqa ekinlar zararlanadi. Karam Qorakosovi karam va gulkaram, kolrabi, rediska va boshqalarni zararlaydi. Kasallangan o’simlik so’liydi, ildiz bo’g’zi qorayadi, chiriydi, ko’pincha ingichka ipli oq g’ubor bilan qoplanadi. Qorakosov bilan zararlangan ko’chat nobud bo’ladi. Kartoshka Qorakosovini tuproq bakteriyasi qo’zg’atadi. Zararlangan o’simlik barglari sarg’ayadi, buraladi va so’liydi. Tuproq ustidan 10 santimetrgacha bo’lgan chuqurlikda poya qorayib chiriydi, kasallangan poyalar yerdan oson sug’uriladi; tuganak hosil bo’lishi qiyin kechadi, hosil bo’lgan tuganagi ham zararlanadi. Kurash choralari: urug’likni dorilash, sog’lom urug’, ko’chat ekish; zararlangan o’simliklarni sug’urib, daladan chiqarib tashlash.