Qoraqalppoq davlat qo’g’irchoq teatri
Qoraqalppoq davlat qo’g’irchoq teatri – 1990 yil tashkil topgan. Teatr “oriq mergan” (K.Karimov) spektakli bilan ochilgan. 1991 yil Samarqandda o’tkazilgan festivalda teatr “oriq mergan” va “oq takacha bilan ko’k takacha” spektakllari, 1993 yil Andijon festivalida “kerak bo’lganing kerak”, 1995 yil Toshkent festivalida “Bedana va tulki”, 2000 yil: Samarqand festivalida “Shum eshak” kabi spektakllari bilan qatnashib, sovrinli o’rinlar egalladi. 2001 yil Toshkentda o’tkazilgan “Qoraqalpog’iston madaniyat kunlari”da teatr “o’g’irlikning oxiri xo’rlik” spektakli bilan qatnashdi. P.Aytmurotovning “Otam aytgan afsona” asari asosida ishlangan tomoshabop, serzavq tomosha keyingi yillar ishlangan eng yaxshi spektakllardan. Jubandiq Ibragimov, Roza Piyozova, Qurbongul Saparbaeva, Oybek Esimbetov, Qublonbek Qalilaev, Berdimurod Yusupov va boshqa teatrning yetakchi aktyorlaridir. Bosh rejissyori va badiiy rahbari M. Zamatdinov.