Qoraqatdoshlar

Qoraqatdoshlar – ikki urug’pallalilarga mansub o’simliklar oilasi. O’t, buta va kichik daraxtlardan iborat. Barglari oddiy, yon bargchasiz, ketma-ket qarama-qarshi yoki rozetka holida joylashgan. Gullari ikki jinsli, aktinomorf, toj-barglari 5, ba’zan 4 ta, bittadan yoki to’pgullarga yig’ilgan. Mevasi ko’sakcha, 35 turkumi (600 turi) mavjud, asosan, shimoliy yarim sharning sovuq va mo’tadil mintaqalarida, ayniqsa, tog’larda tarqalgan. O’zbekistonda 4 turkumga mansub 6 turi o’sadi. Bular ichida iste’mol qilinadigan qoraqat keng tarqalgan. Qoraqatdoshlarning toshyorar, Gortenziya, Filodelfiya turkumi vakillari manzarali o’simlik sifatida o’stiriladi. Badan turi tarkibida 20% gacha oshlovchi moddalar bor. Qoraqatdoshlarning hamma turlari asalarilar uchun oziq.