Qoraqiyoq

Qoraqiyoq, maysazor otqo’nog’i, ajriqbosh — boshoqdoshlar oilasi, ot-qo’noqlar turkumiga mansub ko’p yillik o’tsimon o’simlik turi; yem-xashak ekini. G’arbiy Yevropa, AQSh, Kanada, Rossiyada keng tarqalgan. Bo’yi 60— 100 santimetr. May — iyun oxirlarida gullab, iyulda urug’laydi. Chorva mollari uchun yaxshi ozuqa. 100 kilogramm ko’k massasida 20-25 ozuqa birligi va 1,0—1,5 kilogramm hazm bo’ladigan protein bor. Qishga chidamli, namtalab o’simlik. Pichan o’rib oladigan o’tloqlar yaratish. o’t-dalali almashlab ekishda keng qo’llaniladi. Ekilgandan so’ng 3-4 yil o’tgach 70s/ga pichan, 3,5 (10) ts/ga urug’olish mumkin. Tog’ zonasidagi o’rmonlarda, o’tzorlarda o’sadi. Qoraqiyoqning bir necha rayonlashtirilgan selektsiya navlari bor. Urug’idan ekib ko’paytiriladi.