Qoratog’ zilzilasi
Qoratog’ zilzilasi – 1907 yilning 21 oktabrida Hisor tog’ining Janubiy tizmalarida sodir bo’lgan. Zilziladan avval yer ostilan juda dahshatli guldiragan tovush eshitilib, ketma-ket yer qimirlashlar natijasida 100 kilometr masofada 150 dan ortiq qishloq vayron bo’lgan, 1500 dan ortiq kishi o’lgan. Shuningdek, To’polondaryo sohillarida ko’chkilar, o’pirilmalar sodir bo’lgan. Dunyodagi eng kuchli zilzilalar qatoridan o’rin olgan bu zilzila o’chog’i uch joyda 20-25 minut orasida sodir bo’ldi. 9-10 balli tebranish maydoni 2000 km3 g’gi tashkil etgan. Zilzilalardan tarqalgan seysmik to’lqinlar 500-600 kilometr masofada ham sezilgan. Birinchi zilzila Surxon vodiysining shim. qismi bilan Machitli tog’ining orasida joylashgan yer uzilmasida 21 oktabr soat 4 dan 23 minut o’tganda 30 kilometr chuqurlikda paydo bo’lgan. Epitsentrda uning kuchi 9-10 ball bo’lib, magnitudasi 7,5 ga yetgan. Oradan 20 minut o’tmasdan ikkinchi marta yer silkinib, episentri g’arbda, 30— 35 kilometr keladigan Surxon tog’i yon bag’rida 9 balli kuch bilan, 24 kilometr chuqurlikda sodir bo’lgan va Boysun atrofidagi qishloqlarni yakson qilgan. Oradan 5-6 minut o’tar-o’tmas uchinchi zilzila Sharq tomonla joylashgan Qoratog’ daryosi atroflarida 20 kilometr chuqurlikda harakatga kelgan. Bu zilzilalarning kuchi 9 balldan ortiq, magnitudasi 7-7,3 ga teng bo’lgan. Oradan 6 kun o’tgach, Machitli tog’ining shimoliy-sharqida joylashgan Cho’yanchi qishlog’i atrofida magnitudasi 6,2 bo’lgan 8-9 balli yer silkinishi takrorlandi. Zilzila episentrlarining ikkitasi hozirgi O’zbekiston hududida joylashgan. Bu zilzilalar umuman to’rtlamchi davrdan hozirgacha Hisor uzilmalari bo’yicha vaqt-vaqti bilan bo’lib turadigan tektonik harakatlarning faolligini ko’rsatadi. 1935 (Boysun), 1943 (Fay- zobod), 1949 (Xayit) va 1968 (Boysun) yillardagi 8, 9, 10 ball bilan silkingan zilzilalar bu jarayonga misol bo’ladi. Qoratog’ zilzilasidan yuzaga kelgan seysmik to’lqinlar Jizzax atroflarida 5-6, Samarqandda 6-7, Termiz, Panjakent, Xo’jand, Andijonda 4-5, Toshkentda 4 ball bilan sezilgan.