Qoratol

Qoratol — o’rta ertapishar piyoz navi. Qozog’iston dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutining Qoratol tajriba stansiyasida Jonson navidan yakka tanlash usulida chiqarilgan (A.I.Xvan, S.U.Kim-Xvan). Piyozboshi yumaloq, ba’zan eti yarim tig’iz, ta’mi yarim achchiq. Piyozi niholi unib chiqqanidan keyin 112 kunda, iyul oxirida pishib yetiladi. Hosildorligi 300-310 ts/ga. Yaxshi saqlanadi, konserva sanoatida qayta ishlashga yaroqli. 1967 yildan davlat reyestriga kiritilgan. O’zbekistonning barcha viloyatlarida ekiladi.