Qoratoyev Muhammadjon Qo’jasboyevich
Qoratoyev Muhammadjon Qo’jasboyevich (1910.22.12, Qizilo’rda viloyati Teliko’l ovuli — 1992, Olma-ota) — qozoq adabiyotshunosi, yozuvchi va tarjimon. Qozog’iston Fanlar Akademiyasi akademik (1975), Qozog’istonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1974). Filologiya fanlari Doktori (1963), professor (1965). Abay nomidagi qozoq pedagogika institutini tugatgan (1933). Qozog’iston Yozuvchilar uyushmasining mas’ul kotibi (1936-37), raisi (1937— 38), Qozog’iston pedagogika instituti qozoq adabiyoti kafedrasining mudiri (1960). “Jazushi” nashriyotida katta muharrir, tahririyat mudiri, bosh muharrir o’rinbosari, direktor (1955-60), 1960 yildan M. Avezov nomidagi adabiyot va san’at institutida bo’lim mudiri, 1968 yildan qozoq sovet entsiklopediyasi Bosh muharriri. Adabiy faoliyati 1933 yildan boshlangan. “Jonajon adabiyot haqida o’ylar” (1958), “Saken Sayfullin” (1964), “mahorat va dunyoqarash” (1965), “Muxtor Avezov” (1967), “Do’mbradan kitobga” (1969), “adabiyot va estetika” (1970), “Istiqbol cho’qqilari” (1972), “Cho’qqilar oldinda” (1977) kabi adabiy- tanqidiy kitoblar muallifi. Qoratoyev, shuningdek, “cho’ldagi gudok” romani (1960, K.N.Altayskiy bilan hamkorlikda), “Jer-uyukka sayohat” qissasini yozgan. M.Gorkiyning “mening dorilfununlarim” va M.Sholoxovning “tinch oqar Don” (3 kitob) asarlarini qozoq tiliga tarjima qilgan.