Qorayozbobo qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Qorayozbobo qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Farg’ona oblastining O’zbekiston rayonida. Bu nomning kelib chiqishi to’g’risida turli rivoyatlar bor. Ularda qishloqning bunday nomlanishiga Qoriniyozbobo singari ismlar asos bo’lgan deyiladi. Qorayozbobo – aslida uch so’zdan tashkil topgan nom qora – yozi – bobo. Yozi – qadimgi turkiy va eski o’zbek tilida “cho’l, dasht” ma’nolarini ifoda etgan. Qora so’zi qo’shilib toponimga aylangan, u ayni “qora cho’l, qora dasht” degan ma’noni ifoda etgan. Toponim sostavidagi “bobo” komponenti esa shu joyga diniy tus berganligiga ishoradir. Gruziya va Ozarbayjon SSr da ham Qorayozi cho’li bor.

Leave a Reply