Qoriyeva Bernora Rahimovna
Qoriyeva Bernora Rahimovna (1936.28.1. Toshkent) — balerina, baletmeyster. R. Qoriyevning qizi. SSSR xalq artisti (1973), O’zbekiston xalq artisti (1964). Qirg’iziston xalq artisti (1996), professor (1985 yildan). Toshkent (1952) va Moskva katta opera va balet teatri qoshidagi akademik xoreografiya bilim yurtini (1955), Toshkent madaniyat institutini tugatgan (1980). 1955 yildan Navoin nomidagi opera va balet teatrida ballerina, baletmeyster. 1985-98 yillarda O’zbekisgon teatr arboblari uyushmasi raisi. 1994-2002 yillar Navoiy nomidagi opera va balet teatri direktori va badiiy rahbari. Qoriyeva repertuari asosini jahon mumtoz va zamonaviy baletlar tashkil qiladi: Mariya (“Boqchasaroy favvorasp”), Shopeniapa (F.Shopsn. Atlachunov. “Shopeniana”). Jizel (L.Atan. “Jichel”), Frigiya (A.Xachaguryan. “Spartak”). Xonim (D.Shostakovich, “Lolita va bezori”) va mumtoz balet texnikasini puxta egallagan aktrisa har bir obrazda qahramonlarining ichki kechinmalari, his-tuygularini berishda mohirlik ko’rsatadi. Bu ayniqsa, zamondosh kompozitorlar yaratgan “Maskarad” (Nina), “Momaqaldiroq so’qmoqlarida” (sari), “Don Juan” (Donna Anna), “Anna Karenina” (Anna Karenina) kabi baletlarida o’z ifodasini topdi. Milliy repertuarda u gavdalantirgan mehri (M. Leviev, “Suhayl va mehri”), soxani, Zarrina (M.Ashrafiy, “Sevgi tumori”, “Sevgi va qilich”), Nurxon (A. Kozlovskiy, “tanavor”), Nargis (U. Musaev, “afsonalar vodiysida”) obrazlari madaniy hayotda katta voqea bo’ldi. U “muhabbat afsonasi” (T.Jalilov, B.Broviin) opera-baletining balet partiyalari ijodkoridir. 80- yillarning 1-yarmida Q. Hamza, Blok, Turgenev asarlari asosida “zaharli hayot”, “Notanish ayol”, “Elegiya” baletlarini yaratilishida (kompozitor R.Vildanov bilan hamkorlikda) faol qatnashib, o’zi Maryam, ayol hamda Asya Polozova va Liza Kalitina kabi rus ayollarining dramatizmga to’la poetik obrazlarini yaratdi. Ketma-ket Juletta, Ofeliya (P. Chaykovskiy , “Romeo va Juletta”, “Hamlet”), Dezdemona (Persell, “Otello”) obrazlarini gavdalantirdi. Qoriyeva ijodiga bag’ishlangan “Bernora Qorieva raqsga tushadi” va “men balerinaman” filmlari ishlangan. Yevropa, Osiyo, Shimoliy va Janubiy Amerika mamlakatlarida gastrolda bo’lgan. SSSR Davlat (1983) va Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofotlari (1970, 1982) laureati. “Do’stlik” ordeni (1996) bilan mukofotlangan. Ad.: Avdeeva L., Bernara Karieva, T., 1996. Muhsin Qodirov.