Qoriyeva Mahsuma
Qoriyeva Mahsuma (1902, Toshkent — 1946.18.4, Moskva) — ilk o’zbek aktrisalaridan. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist (1937). 1918 yildan M.Uyg’ur boshchiligidagi truppada ishlagan. O’zbek, rus va jahon mumtoz dramaturgiyasi asosida yaratilgan spektakllarda yetuk obrazlar yaratgan. Marijon (A.Mus tafin “Karimning qotili”), jamila, Hojar, Maryamxon, Fotima (Hamza, “Boy ila xizmatchi”, “Holisxon”, “Zaharli hayot”, “Tuhmatchilar jazosi”), Luiza, amaliya (F.Shiller, “Makr va muhabbat”, “qaroqchilar”), Kseniya (N.Pogodin, “mening do’stim”) va boshqalar. Yoqimli ovozga ega bo’lgan Qoriyeva ilk o’zbek musiqali dramalarida ham bosh rollarni ijro etgan: Layli, Shirin (xurshid, “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin”), unga ayniqsa katta Shuhrat keltirgan Halima (G’.Zafariy) va boshqalar. Ijodi davomida xarakterli rollar ustasi sifatida ham tanilgan: Adelma (K.Gossi, “Malikai Turandot”), Malika (Lope de Vega, “Qo’zibuloq”), Orlovskaya (A.Slavin, “Interventsiya”), Gertruda (U.Shekspir, “Hamlet”), Ona (Uyg’un, “Ona”) va boshqalar shular jumlasidan.