Qoriyoqubov Muhitdin

Qoriyoqubov Muhitdin (1896.1.5, hozirgi Farg’ona — 1957.22.2, Toshkent) — ashulachi, opera xonandasi (bariton), aktyor, o’zbek musiqali teatri asoschilaridan. Turkiston Respublikasining birinchi xalq hofizi (1923), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1930), O’zbekiston xalq artisti (1936). Dastlab eski maktab, 1912-14 yillarda madrasada tahsil ko’rib, qiroatni yaxshi egallagan, qori sifatida ham tanilgan. Yoshligidan xalq ashulachilik an’analarini o’zlashtirgan Qoriyoqubov, ayni paytda yangi san’at shakllariga qiziqib, Farg’onada mahalliy sozandalardan iborat ilk puflama sozlar orkestrlarida ishtirok etgan, orkestrni tashkil etgan (1916). Kontsertlarda faol qatnashib, xalq va mumtoz ashulalar (“yo’l bo’lsin”, “G’ayra-g’ayra”, “Olmacha anor”, “ko’cha bog’i” va hokazolar)ni ijro etgan. Farg’ona o’lka musulmon siyosiy dramatik truppasida aktyor, rejissyor (1918— 20) va rahbar (1921) bo’lib, Farg’ona va Zakaspiy frontlari va hududlarida madaniy xizmat qilgan. Toshkentda K.Shorshteyn teatr-studiyasi (1919), Moskvada teatr san’ati instituti (1922-24) da tahsil ko’rgan. Tamaraxonim bilan “Sharq kechalari” (Moskva), Jahon amaliy san’at ko’rgazmasi (1925, Parij), shuningdek Berlin kontsert sahnalarida o’zbek qo’shiq, Yalla va laparlarini yangicha talqin etib, zamonaviy o’zbek san’atini ilk bor Yevropada targ’ib etgan. 1926 yil Samarqandda O’zbek davlat sayyor kontsert etnografik truppasini tashkil qilgan, u bilan Rossiya, Tatariston, Gruziya va boshqa joylarda gastrolda bo’lgan. Qoriyoqubov Qo’qon va Andijon musiqali teatrlari shakllanishida ham faol ishtirok etgan. 1927-28 yillarda bu teatrlarda badiiy rahbar, rejissyor (M. Miroqilov bilan) sifatida qatnashib, teatr jamoalarini qayta tuzgan, o’zi spektakllarda bosh rollarni o’ynagan: ne’mat (“Halima”, G’.Zafariy), Farhod (“Farhod va Shirin”; Xurshid pyesasi, Sh.Shoumarov, To’ychi Hofiz va yu.Rajabiylar musiqalashtirgan), Sultonbek (“Arshin mol olon”, u. Hojibekov) va boshqalar. Kontsert-etnografyk truppasi zaminida O’zbek davlat musiqali teatrinn tashkil qylgan, uning aktyori, direktori va badi iy rahbari bo’lgan (1929-33). O’zbek opera san’atining shakllanishi va rivoj topishida ham Qoriyoqubovning xizmatlari salmoqli. Moskva o’zbek opera studiyasinit tashkilotchisi va rahbari bo’lgan, o’zi ham shu studiyada ta’lim olgan (1934-36). O’zbek davlat opera va balet teatri ochilgach, uning yetakchi yakkaxon xonandasi (1939-47). Milliy operalarda Xusrav (“Farhod va Shirin”, V. Uspenskiy va G. Mushel), general-gubernator (“bo’ron”, S.Vasilenko, M.Ashrafiy), Novfal (“Layli va majnun”, T.Sodiqov, R.Glier), Ulug’bek (“Ulug’bek”, A.Kozlovskiy), Mahmud Torobiy (“Mahmud Torobiy”, O. Chishko), Er Targ’in (“Er Targ’in”, E.Brusilovskiy) va boshqalar bosh partiyalarni mahorat bilan talqin qilgan, o’zbek opera ijrochilik san’ati shakllanishiga katta hissa qo’shgan. O’zbek davlat filarmoniyasi tashkil etilishida ham Qoriyoqubovning xizmati katta. U 1936 va 1946-50 yillarda filarmoniyaning direktori va badiiy rahbari bo’lib, o’zbek xalq, mumtoz va yangi janrlarni targ’ib etuvchi ijodiy jamoalar (ashula va raqs ansambli, xor kapellasi, xalq cholg’ulari orkestri va hokazolar)ni yuzaga keltirgan. O’zbek filarmoniyasi (hozirgi Xalq badiiy jamoalar direktsiyasi)ga Qoriyoqubov nomi berilgan. Uning hayoti va ijodiga bag’ishlangan film ishlangan. Vafotidan so’ng Qoriyoqubov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan (2000). Ad.: K,oriyoqubova E., Muhitdin Qoriyokubov, T., 1968; Muxitdin Kariyakubov (dokumentalnaya monografiya, Avtor-sostavitel L.Avdeeva), T., 1984; Yuldashbaeva T., Mastera uzbekskoy opernoy stseni, T, 1985. Bahriddin Nasriddinov.