Qorovul
Qorovul — Xorazm viloyati Urganch tumanidagi qishloq, tuman Markazi. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Urganch (4 kilometr). Qorovuldan viloyat markazi (Urganch shahri) gacha 4 kilometr. Aholisi 10 ming kishiga yaqin (2005). Aholisi va xo’jaliklari Shovot, Qirgizyop va boshqa kanallardan suv oladi. Paxta tozalash, g’isht zavodlari, avtokorxona, “Xorazm — Nurtop” ip gazlama korxonasi, qurilish tashkilotlari, sut va uzumni qayta ishlash tsexlari bor. Kichik va o’rta biznes korxonalari, mikrofirmalar ishlab turibdi. Umumiy ta’lim, bolalar musiqa, sport maktablari, kasb-hunar kolleji, tuman Markaziy kutubxonasi. madaniyat uylari mavjud. Stadion, sport maydonchatari va boshqa sport inshootlari bor. Tuman Markaziy kasalxonasi. poliklinika. Dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat ko’rsatadi. Qorovuldan Urganchgacha avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yo’lga qo’yilgan.