Qo’shrabot buyurtma qo’riqxonasi

Qo’shrabot buyurtma qo’riqxonasi — Samarqand viloyatining Qo’shrabot tumanida joylashgan. 1991 yil 8 iyulda tashkil etilgan. Maydoni 16300 gektar. Mavjud o’simliklar, hayvonot dunyosi va boshqalar qo’riqlanadi, nodir o’simliklar, hayvonlar ko’paytiriladi. Buyurtmaxonada ov qilish, daraxt va butalarni kesish, dorivor o’simliklarni terish taqiqlangan.