Qosim Shoshiy
Qosim Shoshiy (to’liq ism-sharifi Abu Ali Hasan al-Qosim ibn Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali al Qaffol ash-Shoshiy) (10-asr) — faqih. Qaffol Shoshiyning o’g’li. Qosim Shoshiydan Xuroson va Iroq faqihlari ta’lim olishgan. Qosim Shoshiy “at-taqrib fil-furu'” (“Furu’ga yaqinlashish”) asari tufayli manbalarda ulug’ imomlardan biri sifatida e’tirof etilgan. Ibn Xallikonning yozishicha, “bu asar Shofi’iy mazhabidagi mo”tabar kitoblardan bo’lib, kimning huzurida bu kitob bo’lsa, boshqasining hojati yo’kdir”. Islomshunoslikda Qosim Shoshiyning “at-taqrib” asari turli fiqhiy manbalarni o’rganish va tadqiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.